“Universal Family” Nizomi
“Universal Family”
NIZOMI
1-bo‘lim. Hujjatning maqsadi.
- Ushbu Nizom “Universal Family” volontyorlar jamoasining faoliyati doirasidagi muammolarni oldini olish hamda jamoa a’zolarining huquqlarini kafolatlash maqsadida tuzildi.
2-bo‘lim. Loyiha haqida.
- Ushbu jamoa xayrli ishlarni amalga oshiruvchi hamda rivojlanishni istovchi yoshlarning mustaqil birlashmasidir.
- Jamoa a’zolari O‘zbekistonning barcha hududlaridan hamda chet davlatlardagi yoshlardan iborat bo‘lishi hamda ushbu hududlarda qonunda ko‘rsatilgan tartibda faoliyat yuritishi mumkin.
3-bo‘lim. Asosiy maqsad va vazifalar.
- “Universal family” jamoasi turli sohalardagi volontyorlarni bir maydonda jamlash va ular orasida do‘stona muhitni yaratish, volontyorlarga o‘zlari qiziqqan sohalarida bilim va ko‘nikmlar o‘rganishi uchun imkoniyat yaratish uchun tashkil qilingan. Shuningdek, loyiha volontyor.uz platformasi uchun “Oltin” toifali volontyorlarni tayyorlash uchun xizmat qiladi.
- Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Respublikaning turli hududlarida onlayn va oflayn tadbir va loyihalar tashkil qilinadi. Volontyorlarning qiziqqan sohalari bo‘yicha onlayn va oflayn darslar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
4-bo‘lim. “Universal Family”ning huquq va majburiyatlari.
“Universal Family” quyidagi huquqlarga ega:
- Umumiy qoidalarni buzgan a’zolarni a’zolar safidan chetlatish (1-ilova);
- Tashkiliy jamoa a’zolarining kelishuvi asosida Nizomga o‘zgartirish kiritish;
- Hududiy jamolar koordinatorlarini belgilash uchun saylov o‘tkazish;
“Universal Family” quyidagi majburiyatlarga ega:
- Jamoaning har bir a’zosiga guvohnoma berish;
- Rejalashtirilgan loyihalarning dasturlarini ishlabb chiqish va o‘tkazish;
- Jamoa a’zolari orasida murosasizliklarni bartaraf etish;
5-bo‘lim. “Universal Family” a’zolarining huquq va majburiyatlari.
“Universal Family” a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
- A’zolikdan o‘z xohishiga ko‘ra chiqish;
- Tashkiliy jamoa saylovlarida ishtirok etish;
- Saylovlarga o‘z nomzodini qo‘yish;
- Yangi loyiha va o‘quvlar bo‘yicha takliflar berish;
“Universal Family” a’zolari quyidagi majburiyatlarga ega:
- Jamodagi ichki tartib qoidalarga amal qilish (1-ilova);
6-bo‘lim. Tashkiliy tuzilma.
Jamoaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha:
- Jamoa rahbari – 1 kishi
- Rahbar o‘rinbosari – 2 kishi
- SMM bo‘yicha mutaxassis – 1 kishi
- HR menejer - 1 kishi
- Tashkiliy ishlar bo‘yicha koordinator – 1 kishi
- O‘quv dasturlari bo‘yicha koordinator – 1 kishi
- Hududiy koordinatorlar – 14 kishi
- Grafik dizayner (2 kishi)
- Mobilograf (2 kishi)
Hududiy koordinatorlar o‘z tashkiliy jamoasini tuzish huquqiga ega. Tashkiliy jamoa a’zolari 2-ilova bo‘yicha tasdiqlanadi.
Yosh cheklovi: 16-25 yosh
7-bo‘lim. “Universal Family”ni tugatish tartibi.
- “Universal Family” faoliyatini to‘xtatishga asosli sabablar bo‘lsa, uning faoliyati umumiy yig‘ilish qarori bilan tugatiladi.
- “Universal Family” tashkiliy jamoa a’zolarining kamida 2/3 qismi ovozi bilan jamoa faoliyati tugatilishi mumkin.
8-bo‘lim. “Universal Family”ni tugatish tartibi.
1. Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan tartibga solinadi.
2. Ushbu Nizom qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi normativ – huquqiy hujjatlariga zid tarzda talqin qilish mumkin emas hamda Nizom qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi normativ –huquqiy hujjatlariga zid tarzda ifoda qilingan bandlari haqiqiy emasdir.