Imlo xatolarini qanday tekshirish mumkin?
Bugun sizlarga imlo xato qilmasdan yozish va tekshirish uchun ikkita foydali sayt aytmoqchiman):
1. Savodxon.uz - Word, Excell dasturlariga ham oʻrnatib yozayotgan matningizni shu vaqtda tekshirish imkonini beruvchi platforma. Yillik 220 ming soʻmga xarid qilishingiz yoki sayti orqali roʻyxatdan oʻtib soʻzlarni alohida maʼnolari bilan bepul tekshirishingiz mumkin. 2. Matn.uz - saytda matnlaringizni kiritib bemalol tekshirishingiz mumkin. Savodxon kabi word, excellda ishlatishni imkoni boʻlmasa ham bu platforma bepulligi bilan sizga koʻproq foydali boʻlishi mumkin. Bu platformalarni barcha ishlatishi mumkin, ayniqsa hozirgi kundagi kopirayterlar uchun juda foydali. Tilimiz uchun! Kirib turing????: @jd_blog