Jamoliddin
Jamoliddin
Grafik Dizaynerman Video Montajyorman Fotografman Media trenerman Volontyorlar mentor-treneriman
Jamoliddin

Blog

O'sha vaqt shu odam JD`ligi miyamga bir martada kelmagandi

O'sha vaqt shu odam JD`ligi miyamga bir martada kelmagandi

Jamoliddin - ismi jismiga monand akaginam, bu insonni ancha oldindan tanırdım, maqtovlar eshitganman, Buxoroga kelganlarida darsimni buzganlari uchun xo'mrayib qaraganman (o'sha vaqt shu odam JD ligi miyamga bir martada kelmagandiii, dars tugagandan keyin esa 1-taassurotni yo'qotishga harakat qilgandim). Lekin  2021-yil dekabr oyida Zomindagi tashrifimiz davomida  oqko'ngil, tirishqoq, serg'ayrat, haqiqiy chin do'st va mehribon akamni topib olganman. To'g'risi bunday insonni ta'riflash  uchun lug'atimdagi so'zlar kamlik qiladi, tanishganimizga ko'p bo'lmagan bo'lsada bu insonga hurmatim kuchli, munosabatlardagi eng asosiy narsani ishonch deb biladilar va bunaqa inson haqida albatta negative fikr yo'q.
Barcha insonga qo'lidan kelguncha yordam beradigan, do'stlari uchun hamma narsaga tayyor, yaxshi kunida ham yomonida ham ular bilan yelkadosh tura oladigan inson.
Men o'ylaymanki, Jamoliddin akaning  bu darajaga yetishishlarida ota-onalarining hissalari katta va hozir doim shunday o'g'illari borligidan faxrlanib ,tog' bo'lib yuribdilar. Akajon sizni chin dildan yaxshi ko'raman, boringizga shukr, uchrashganimizdan hozirgacha menga juda ko'p ko'maklashdiz va ko'p narsani o'rgatdingiz lekin eng asosiysi bu ishlar hech qanday manfaatsiz bo'lgan.  Jamoliddin ak (JD) eng yaxshi inson, eng oqko'ngil aka, eng mehribon farzand, eng aktiv va serg'ayrat volontyor. Barchamiz sizni yaxshi ko'ramiz, mehr ,yordam va yaxshilik ulashishdan charchamang. Ishlaringiz va o'qishlaringizga omad martabangiz ulug' bólsin, siz eng yaxshilariga loyiqsiz!