Davlat tashqi qarzi oshyaptimi?
Zarnews.uz sayti O‘zbekistonning tashqi qarzining oxirgi 6 yilda o‘sgani haqida ishonchsiz manbadan foydalanib maqola yozgan.
Sayt keltirishicha, O‘zbekistonning tashqi qarzi so‘nggi 6 yilda 4 baravar oshgan. Manba sifatida esa muallifi noma’lum telegram kanal ko‘rsatilgan. Telegramda kanalda esa manbalar va qo'shimcha tahlillar keltirilmagan. Ma’lumotga ko‘ra, 2022-yilning 1-oktyabri holatida tashqi qarz YAIMning 30,14 foiziga yoki 23,16 mlrd. AQSH dollariga yetgan.
Hukm: Manipulyatsiya
Odatda, statistika ma’lumotlarini tahlil qilish jarayonida 5 yil, 10 yil kabi davrlar olinadi. Moliya vazirligi taqdim etgan statistika bo‘yicha 2022-yil davlat tashqi qarzi 23.2 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilib, 2021-yilga (23.6 mlrd. dollar) nisbatan 1.7% ga kamaygan.
Lekin, 2022-yilning so’ngiga ko’ra statistika hali chiqmagani sababli davlat tashqi qarzining oshish dinamikasini 2022-yilga nisbatan tahlil qilish noto’g’ri.
Shuningdek, saytda Davlat qarzi dinamikasi yetarlicha yoritilmagan. Xususan, 2016-yil oxiridagi tashqi qarz YaIMga nisbatan 8% ekanligi ko’rsatilib, qarz miqdori yozilmagan. Moliya vazirligining bergan ma’lumotiga ko’ra, 2016-yilda davlat tashqi qarzi 6.5 mlrd. So’mni tashkil qilgan.
Bu mavzuda kun.uz va daryo.uz sayti ma’lumotlarida ham 2022-yilda tashqi qarz kamayganini ko‘rsatmoqda.
Ushbu qarzining tarmoqlar kesimida taqsimoti quyidagicha:
2022-yil III choragi yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzining 28,4 foizi yoki 6,6 mlrd. AQSH dollari davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga, 12,6 foizi yoki 2,9 mlrd. AQSH dollari energetika sanoatiga, 11,5 foizi yoki 2,7 mlrd. AQSH dollari elektroenergetika sanoatiga, 10,4 foizi yoki 2,4 mlrd. AQSH dollari transport va transport infratuzilmasiga, 10,6 foizi yoki 2,5 mlrd. AQSH dollari qishloq va suv xo‘jaligiga, 9,5 foizi yoki 2,2 mlrd. AQSH dollari uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu dinamikada 2017-2021 yillar oralig’idagi davlat qarzi dinamikasini ko’rishingiz mumkin: