Volontyorlik menga nima berdi?
Bir paytlar volontyorlik menga nima berganini kichik videocha qilgan ekanman))
2018-yildan buyon volontyorlik faoliyatida, ijtimoiy hayotdaman. Qisqa vaqt ichida 18 yilda o'rganmagan bilimlarimni, tajribalarimni oldim. Ko'plab do'stlar, tanishlar orttirdim. O'z sohamni ham o'rgandim bu orada. Volontyorlar ish va o'qishimga faqat ijobiy ta'sir qilgan.
Menga volontyorlikni haqiqatdan his qildirgan loyiha esa U-Report. U yerdagi muhit tufayli hozirgacha volontyorlikdaman.
Professional volontyorlikka kirib kelishimga esa Mana shu yigit sababchi)). Hazillashib ko'p jahlini chiqarsamda, menga chidab keladi. Birgalikda ko'p loyihalarda bo'lib qadron bo'lib ketganmiz.
Xullas, volontyorlik desa menda gap ko'p. Videoni esa shu yerdan ko'rishingiz mumkin))
Videoni ko'rish