Mentorlik dasturi 2.0`ni muvaffaqiyatli yakunladik
13–17-fevralda O'zbekistondagi faol mentorlar va eko-volontyorlar uchun o'quv-trening o'tkazdik.
O'zim uchun ko'plab insonlarni qaytadan kashf qildim. Ko'plab tajribalar, ajoyib xotiralar bilan qaytdim.
Treningda har bir hududdan 3 mentor hamda 2 eko-volontyorlar ishtirok etishdi. 4 kun davomida volontyorlarga volontyorlik bo'yicha tushunchalar, loyihalar bilan ishlash bo'yicha bilimlar berildi. Sirli do'st o'yinida esa har kuni hamma bir-birini yashirin tarzda xursand qilishdi.
Shu o'rinda tashkiliy jamoa haqida yozmoqchiman:
1. Shirin Abidova - O'zbekiston volontyorlarining onasi, mehribon opamiz. Ilk tanishganimizdan beri hurmat qilaman, juda ko'p bilim va tajribalar olganman. Men uchun biroz tushunarsiz energiyaga ega inson. Men eng hurmat qiladigan jihatlari: Ish va oilani meyorida olib borishlari. O'zbekistondagi volontyorlikni rivojlantirishga siz bilan birgalikda harakat qilishga doim tayyorman)
2. Elyor Norpo'latov - Bizni doim qo'llab-quvvatlagan akamiz. Ochig'ini aytsam, shu safar haqiqiy volontyorlar safiga qo'shilganlarini his qildim. Loyihani sifatli o'tishiga asosiy hissasini qo'shgan insonlardan biri bo'ldilar. Hali qiladigan yaxshi ishlarimiz ko'p aka)
3. Arman Nurjanov - Kuchli potensialga ega qoraqalpoq do'stim. Eng ajoyib jihati - borini yuzingizga aytadi. Shaxsiy munosabatlar bilan ishni aralashtirmaydi. Hayotimdagi eng yaqin do'stlarimdan biri. Nasib etsa hali asosiy ishlarimiz oldinda)
4. Saida Turabekova - Sehrgarlarga ishonmaydigan, Telegram premiumni qovoqqa sarflagan qiz). Men uchun shu loyiha kashfiyotiga aylandi Saida. Shu paytgacha jiddiy va qo'rs deb yurgan bo'lsam, o'quv davomida men hurmat qiladigan, yaxhsi ko'radigan singlimga aylandi. Ko'rinmas qo'l deyman odatda, chunki, vazifasi o'z vaqtida bajarganini ko'rishga ulgurmaysiz))
5. Navro'za Akbaraliyeva - Doim nimadir kerak bo'lsa yordamga tayyor bo'lgan qadrdonim. Har bir ishni joyida va vaqtida qiladi. Har doim telegramda onlayn). Mas'uliyatli qiz)
6. Sarvinoz Odiljonova - Erkatoy singlim. Ko'p uxlasa-da kerak paytlarda paydo bo'la oladi. Tashkiliy jarayonlarga juda yaxshi yondashadi.
7. Begzod Yakubov - UVAning do'ppili yuzi. Begzod ham doim telegramda onlayn va "g'isht zavodga ham men" deydigan yigit. Insonlar bilan juda tez chiqishib keta oladigan qobiliyati bor.
8. Shamsiddin Raisov - Stressga bardoshliligi juda "yuqori" do'stim. Kuchli tomoni O'zbekistonning har joyida tayyor doim.
9. Aziz Tojiyev - O'quvda yaqindan tanishib oldik, insonlarga doim kayfiyat ulashib turadigan inson. Juda xushchaqchaq trener.