Jamoliddin
Jamoliddin
Grafik Dizaynerman Video Montajyorman Fotografman Media trenerman Volontyorlar mentor-treneriman
Jamoliddin

Blog

To'y yoshlar baxti uchunmi yo...?

To'y yoshlar baxti uchunmi yo...?

Maktab paytlarimdan beri o'zbek to'ylari haqida tushunarsiz savollarim, fikrlarim bor.
- Nega shuncha dabdababozlik, hashamat, ortiqcha xarajatlar kerak?
- Nega odamlar gapirmasin deb to'y qilishimiz kerak?
- Nega qiz tarafga to'yda qiyin bo'lishi kerak?
Haligacha savollarimga javob topa olmayman.

Qizni ota-ona kamida 18-yil parvarishlaydi, tarbiyalaydi, o'zi yemasdan yedirib, kiymasdan kiydiradi. Shuncha mehnatni ota-ona qiladi-yu, qayerdandir bir yigit chiqib qizni o'zga uyga olib ketadi. Bu yetmagandek, qiz taraf mebel qilishi, kuyovga sarpo qilishi, uyini to'ldirishi kerak....

Qachongacha bu odatlarga qaram bo'lib yashaymiz... Kimdir boshlab berishi kerak bu jinniliklarni...

Shu paytgacha kimlardir odatlardan chekingandir balkim, agar boshqalarda bo'lmagan bo'lsa birinchi menda bo'ladi.

Shu yerda yoki telegram kanalda to'ydan keyin yozaman albatta isbot sifatida.

Bugun SUBYEKTIVchilarimizdan yangi kontent qabul qildik. U yerda ko'plab to'ylarimizdagi jinniliklar eslangan. Ko'rishni maslahat beraman.

Aytgancha, To'yonani ko'ngildan chiqarib beraylik... Qarz deb emas