2022-yilda davlat Oliy ta'lim muassasalari byudjeti qanday bo'ldi?
Oliy ta’lim vazirligining 2022-yil dastlabki 9 oyi bo’yicha bergan byudjet statistikasi tahlillariga ko’ra, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan oliy ta'lim muassasalari ichida eng ko’p daromad ko’rgan ta’lim muassasasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Urganch Davlat universiteti eng ko’p xarajat qilgan.
Manba - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Tahlillarga ko'ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti 9 oy davomida 338 367.1 mln. so'm daromad qilgan bo’lib, bu davlat oliy ta'lim muassasalari umumiy daromadining 5.5 foizini tashkil qiladi.
Urganch Davlat universitetining ushbu davrdagi daromadi 257 896.4 mln. so’m bo’lib, jami daromadning 4.2 foizini, xarajatlari esa 295 656.3 mln. so’m, jami xarajatning 5.6 foizni tashkil qiladi.
Ushbu ta'lim muassasalari byudjetini talabalar soniga nisbatan tahlil qilinganda har bir talabaga to'g'ri keladigan daromadi 13.7 mln. so'm tashkil qilgan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti birinchi o'rinda, 2.5 mln. so'mni tashkil qilgan Andijon davlat chet tillari instituti esa so'nggi o'rinda turibdi.
2022-yilning dastlabki 9 oyi, ya'ni oktyabr oyi ma'lumotiga ko'ra davlat oliy ta'lim muassasalari byudjet statistikasini ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin.
Barcha davlat oliy ta'lim muassasalari byudjetining grafik tahlili bilan esa bu yerda tanishishingiz mumkin.
Foydalanilgan manbalar:
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sayti